“NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTNOMASI: TABIIY FANLAR” ILMIY JURNALIDA MAQOLA CHOP ETISH UCHUN QO‘YILADIGAN TАLАBLАR
“Navoiy davlat universiteti ilmiy axborotnomasi: Tabiiy fanlar” ilmiy elektron jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar xalqaro ilmiy nashrlar andozalari, O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan ilmiy-tadqiqot (PhD, DSc) tizimi mezonlari hamda pedagogik tadqiqot metodologiyasi talablaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan.
Jurnalning asosiy maqsadi – oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy tadqiqiot institutlarida ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini va innovatsion g`oyalarini keng ommalashtirish hamda ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan integratsiyalashga ko‘maklashishdan iborat.
Qo‘shimcha savol va takliflar bo‘yicha tahririyatning elektron manzili orqali murojaat etish mumkin.
1. Maqola mavzusi (Title)
Maqola mavzusi qisqa, aniq va lo‘nda shakllantirilgan bo‘lib, tadqiqotning ilmiy yo‘nalishi va mazmunini to‘liq ifoda etishi lozim.
Mavzu tabiiy fanlar biologiya, kimyo, fizika, geografiya va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi yo‘nalishlariga mos bo‘lishi shart.
2. Muallif haqida ma’lumot (Author information)
Quyidagilar to‘liq ko‘rsatiladi:
- F.I.Sh. (to‘liq)
- Ish joyi va lavozimi
- Ilmiy daraja va unvoni
- Elektron pochta manzili
- Telefon raqami
- UDK indeksi
- ORCID (mavjud bo‘lsa)
3. Annotatsiya (Abstract)
Annotatsiya 60-80 so`zdan iborot bo`lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.
Unda quyidagilar qisqacha yoritilishi lozim:
- Tadqiqot muammosi va dolzarbligi
- Tadqiqot maqsadi
- Qo‘llanilgan metodologiya
- Asosiy natijalar
- Ilmiy va amaliy ahamiyati
4. Tayanch so‘zlar (Key words)
6 — 10 ta kalit so‘z beriladi. Tayanch so‘zlar maqola mazmunini ochib berishi hamda xalqaro qidiruv tizimlarida maqolaning topilishini ta’minlashi lozim.
5. Kirish (Introduction)
Kirish qismida:
- Tadqiqot muammosining dolzarbligi
- Maqsad va vazifalar
- Tadqiqot obyekti va predmeti
- Ilmiy yangiligi
- Amaliy ahamiyati yoritilishi lozim.
6. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature Review)
Ushbu qismda:
- Tadqiq etilayotgan muammo bo‘yicha mahalliy va xorijiy ilmiy manbalar tahlili
- Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
- Ilmiy qarashlarning qiyosiy tahlili
- Muallifning ilmiy pozitsiyasi bayon etiladi.
Manbalar zamonaviy va dolzarb bo‘lishi tavsiya etiladi.
7. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
Metodologiya qismida:
- Tadqiqot dizayni
- Qo‘llanilgan metodlar (kuzatish, tajriba-sinov, diagnostika, statistik tahlil va boshqalar)
- Ishonchlilik (reliability) va aniqlilik (validity) asoslari yoritilishi lozim.
8. Tahlil va natijalar (Analysis and Results)
Mazkur qismda:
- Olingan ma’lumotlar tahlili
- Jadval, diagramma, chizma va grafiklar
- Statistik natijalar keltiriladi.
Natijalar ilmiy asoslangan holda ifodalanadi.
9. Xulosa va takliflar (Conclusion and Recommendations)
Quyidagilar yoritiladi:
- Tadqiqot natijalarining umumiy xulosasi
- Ilmiy yangilik
- Amaliy tavsiyalar
- Kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlari
10. Foydalanilgan adabiyotlar (References)
Adabiyotlar maqolada keltirilgan tartibda [1], [2], [3] yokiy [3, C.132, 185, 193] ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Manbalar:
- Muallif F.I.Sh., asar nomi, nashr joyi, nashriyot, yil, bet.
- Muallif F.I.Sh., maqola nomi, jurnal nomi, yil, son, bet.
- Xorijiy manbalardan foydalanish tavsiya etiladi.
11. Texnik talablar
- Shrift: Times New Roman
- Hajmi: 14 kegel
- Qator oralig‘i: 1,5 interval
- Maydonlar: har tomondan 2 sm
- Hajmi: 3-7 betdan kam bo`lmaslik
- Foydalanilgan adabiyotlar soni: kamida 10 ta
- Jadval nomi yuqorida, rasm va chizma nomi pastki qismda yoziladi hamda manbasi ko‘rsatiladi.
12. Tillar
Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
13. Taqriz va ko‘rib chiqish tartibi
Maqola tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis taqrizi bilan qabul qilinadi.
Tahririyat maqolani qo‘shimcha ravishda ekspertizaga yuborish huquqini saqlab qoladi.
Talablarga javob bermaydigan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi.
