“Navoiy davlat universiteti ilmiy axborotnomasi: Tabiiy fanlar” – Navoiy davlat universiteti muassasaligidagi ilmiy elektron jurnal bo‘lib, mazkur jurnal oliy ta’lim tashkilotlarida, ilmiy tadqiqiot institutlarida ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, zamonaviy ta’lim va fanning rivojlanishiga hissa qo`shish, ilmiy tadqiqot natijalarini keng jamoatchilik va mutaxassislarga yetkazish, yangi kashfiyot va g‘oyalarni tarqatish, olimlar o‘rtasida tajriba almashishni ta’minlash hamda innovatsion texnologiyalarni targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2019 yildagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risidagi Qonuni” O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” PF-6097 farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni, 2021 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-5270-sonli, 2023 yil 20 apreldagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-163-son Qarorlariga muvofiq ravishda tashkil etilgan bo‘lib, mazkur normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot natijalarini keng ommalashtirish hamda innovatsion g‘oyalar, metodik ishlanmalar va ilg‘or tajribalarni tizimli ravishda yoritib borishda fan sohasida ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Jurnal fan va ilmiy tadqiqotlar taraqqiyotining ajralmas qismi bo`lib, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ish olib boradi. Jurnal sahifalarida ilmiy tadqiqot natijalari, innovatsion g‘oyalar, ilm, fanni rivojlantirish borasidagi izchil islohotlar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari keng yoritilib, ularni ommalashtirish va amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Nashr yiliga 4 (to‘rt) marta o‘zbek va rus tillarida elektron shaklda chop etiladi. Jurnal sahifalarida dolzarb ilmiy tadqiqot natijalari, maqolalar, metodik ishlanmalar, innovatsion tajribalar, tahliliy materiallar hamda ma’lum sohadagi tadqiqotlarning jamlanishga, ilmiy tahlil qilinishiga qaratilgan ilmiy xulosa va tavsiyalar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.
